Xitoylik aktyor va rejissor Jeki Chan “Le-Manning 24 soati” bir sutkalik marafoni tarixi haqida film suratga oladi. Bu haqda Le-Man shahri turizm byurosi direktori Bruno Rey France Bleu nashriga ma’lum qildi, deb xabar beradi “TASS”.
“Ayni paytda ishlab chiqilayotgan yagona kinematografik loyiha Jeki Changa tegishli, — dedi Rey. — Bu ‘Le-Manning 24 soati’ tarixining retrospektivasi bo‘ladi. Film Jeki Chan boshchiligidagi xitoylik jamoa tomonidan suratga olinadi. Xitoyning poyga jamoasi oxirgi ikki yildan buyon marafonda ishtirok etadi.
Film syomkasi 2018-yili boshlanadi.
Jeki Chan 2016-yildan poygada ishtirok etadi Jackie Chan DC Racing jamoasi rahbarlaridan biri hisoblanadi. 2017-yili marafonda jamoaning ikki ekipaji umumiy hisobda ikkinchi va uchinchi o‘rinni egalladi, LMP2 toifasida esa birinchi va ikkinchi natijani qayd qildi.
2017-yili “Le-Manning 24 soati” marafoni 85-marta o‘tkazildi.
Izoh (0)