O‘zbekiston milliy terma jamoasi 31-avgust kuni JCh—2018 saralashi doirasida safarda Xitoy terma jamoasiga qarshi maydonga tushdi. O‘yin 1:0 hisobida xitoyliklar g‘alabasi bilan yakunlandi — g‘alaba to‘pi penaltidan kiritildi.
Mavzuga doir: Xitoy — O‘zbekiston 1:0. Matnli onlayn
Ikki yillik tanaffusdan so‘ng ilk bor O‘zbekiston milliy terma jamoasi darvozasini qo‘riqlagan Ignatiy Nesterov penaltidan yo‘llangan zarba yo‘nalishini topdi, biroq uning yo‘liga to‘la g‘ov bo‘la olmadi.
— Muhrim A’zamxo‘jayev (@muhrim) August 31, 2017
Baxtga qarshi, Nesterov penaltilar qaytarish bo‘yicha hech qachon mutaxassis bo‘lmagan, biroq og‘ir o‘yinlarda qahramonlik ko‘rsatish — uning yo‘nalishi. Agar o‘yin O‘zbekiston g‘alabasi bilan tugaganida, Nesterov o‘yinning birinchi raqamli qahramoni bo‘lardi, shubhasiz.
Adolat bo‘lsin uchun qayd etish joiz, Nesterov ham o‘yinni butun jamoadoshlari kabi hayajon bilan boshladi, shu sababli ham o‘yin boshidayoq aynan o‘zining aybi bilan o‘z darvozasidan to‘p olib chiqishi mumkin edi.Нестеровнинг қовуни pic.twitter.com/JJrFzewRFk
— Muhrim A’zamxo‘jayev (@muhrim) August 31, 2017
Biroq bundan keyingi deyarli barcha vaziyatlarda Ignatiy Nesterov haqiqiy ma’noda qahramonlik ko‘rsatdi — jamoadoshlarining penaltigacha bo‘lgan barcha xatolarini mardonavor bartaraf etdi.
Нестеровнинг сэйви ва офсайдда қолган Шомуродов pic.twitter.com/vbtCg4SiyY
— Muhrim A’zamxo‘jayev (@muhrim) August 31, 2017
Нестеровнинг 1-таймдаги биринчи суперсэйви (ёки хитойлик ҳужумчининг нўноқлиги) pic.twitter.com/WmRmXHm73V
— Muhrim A’zamxo‘jayev (@muhrim) August 31, 2017
— Muhrim A’zamxo‘jayev (@muhrim) August 31, 2017
O‘yin boshida butun jamoa qatori Ignatiy Nesterovni ham ayovsiz tanqid qilgan ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilari o‘yin intihosiga kelib uni darvozaga qo‘yish — Babayanning milliy termadagi faoliyati davomida yagona to‘g‘ri qarori, deb ham ta’rifladi.
Бабаянни тактикаси маьлум бўлди. Нестеровни асосийга уйнатиш экан. #Gouzb
— Ҳусан Комилжонов (@khusanjon0777) August 31, 2017
Bugun Babayanning taktikasini faqat Nesterov tushunmabdi. Chunki faqat u yaxshi o‘ynayapti #GoUzb
— Rico (@_ishonuvchan) August 31, 2017
Нестеров - молодец!
— Sher (@sherabdugapirov) August 31, 2017
Телевизорга қачон қарасам Нестеров сэйв қивотган бўлади
— Афиналик Тимон (@timonus23) August 31, 2017
Нестеров хақиқатдан хам энг зўрлигини кўрсатмоқда. pic.twitter.com/38XqYOSBjh
— Javlon Nazarov (CARTOON) (@DrJavlon) August 31, 2017
Ишонинг, Нестеровни соғинган эканмиз
— Muhammad Temur (@TemurAzam) August 31, 2017
Nesterov boʻlmaganda 5:0 boʻlardi
— Bakha (@o2b3k) August 31, 2017
Бабаян терма жамоа мураббийлигида бир марта тўғри иш қилди бугунги ўйинда Нестеровни тушуриб. #GoUzb
— Farhod Norbutayev (@Samarqandiy) August 31, 2017