Iroq Kurdistonida Rossiya va Qozog‘istonning olti nafardan fuqarosi jangarilar qo‘lidan qutqarildi. Bu haqda Checheniston respublikasi rahbari Ramzan Qodirov Instagram’dagi sahifasi orqali ma’lum qildi, deb xabar beradi “Interfaks”.
“Iroq Kurdistonida Rossiya va MDH mamlakatlari fuqarolarini qutqarish bo‘yicha yirik gumanitar operatsiyaning navbatdagi bosqichi tugadi. Uni tashkil etish uchun men Iroqqa Checheniston respulikasi rahbarining Yaqin Sharq va Shimoliy Afrikadagi vakili, senator Ziyod Sabsabini yubordim. Tal-Afarda 12 kishini qutqarishga erishildi. Ular orasida olti nafardan Rossiya va Qozog‘iston fuqarosi bor”, — deyiladi xabarnomada.
Ramzan Qodirov yana olti rossiyalik tutqunning turgan yeri aniqlanganini ma’lum qildi.
Checheniston rahbari qutqaruv operatsiyasining barcha detallarini oshkor qila olmasligini qo‘shimcha qilib o‘tdi, negaki bu, uning fikricha, ishtirokchilarning hayotini xatar ostiga qo‘yishi mumkin.
Izoh (0)