AQSh harbiy-dengiz kuchlari Singapur yaqinidagi halokatdan so‘ng bedarak yo‘qolgan to‘qqiz nafar dengizchilar qidiruvini to‘xtatdi. Bu haqda Meduza xabar bermoqda.
“Jon S. Makkeyn” eskadrilya mina tashuvchisi Singapurdan sharqroqda “Alnik Em Si” tankeri bilan to‘qnashib ketgan edi. Jiddiy zararlanganiga qaramay, kema Singapurga yetib bora oldi.
Qutqaruv operatsiyasida, AQSh kuchlaridan tashqari, Singapur, Malayziya, Avstraliya va Indoneziya harbiylari ham ishtirok etgan edi. Ular 5438 kvadrat kilometr hududni o‘rganib chiqdi.
G‘avvoslar tanasini topgan dengizchining shaxsi aniqlandi. U 22 yoshli Kennet Smit ekan. Qolgan dengizchilarning tanalari suv ostida qolgan bo‘lmalardan qidiriladi.
Izoh (0)