24-avgust kuni O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Komilov AQSh va Kanadaning Buxoro yahudiylari kongressi prezidenti Boris Kandovni qabul qildi. Bu haqda TIV matbuot xizmati xabar berdi.
Suhbat chog‘ida O‘zbekiston bilan AQSh va Kanadaning Buxoro yahudiylari kongressi o‘rtasidagi hamkorlikning dolzarb masalalari muhokama qilindi. Ushbu tashkilot a’zolarining asosiy qismini kelib chiqishi o‘zbekistonliklar tashkil etadi
Madaniy-gumanitar hamkorlikni yanada kengaytirish istiqbollari yuzasidan fikr almashildi.
Izoh (0)