Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Xitoyning WL Intelligent Technology kompaniyasi robotlar raqsi bo‘yicha jahon rekordini yangilab, Ginnesning rekordlar kitobiga kirdi. Bu haqda Insider Pro xabar bermoqda.

Foto: Insider Pro

Foto: Insider Pro

Guandun provinsiyasining Guanchjou shahrida uyushtirilgan raqs shousida jami 1069 robot ishtirok etdi. WL Intelligent Technology xodimlari yagona boshqaruv tizimi yordamida ularni sinxron xoreograf harakatlar bajarishga dasturlab qo‘ydi. Bir necha robot muvozanatni yo‘qotib, yiqildi, ammo raqs tushishda davom etdi. Ular umumiy hisobdan chiqarildi.

Shunga qaramay, rekord yangilandi. Oldingi natija Xitoyning Ever Win Company & Ltd kompaniyasiga tegishlidir. O‘shanda raqs shousida 1007 robot ishtirok etgan edi.

Dobi odamsimon robotlari nafaqat raqs tushishni, balki gapirishni, tays­zi bilan shug‘ullanishni, shuningdek, boshqa harakatlarni bajarishni biladi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
Foto: Shavkat Mirziyoyev ishtirokidagi Navro‘z umumxalq bayramiga bag‘ishlangan tantanali marosim
Sport
Eng tartibli himoyaga ega O‘zbekiston, 69 gol va yuzdan ortiq sariq kartochka. U-20 Osiyo Kubogi—2023 raqamlarda
Mahalliy
O‘zbekiston Markaziy Osiyoda yagona to‘lov tizimi yaratishni taklif qildi