Kataloniya politsiyasi Twitter’dagi sahifasi orqali Barselona va Kambrilsdagi teraktlarda gumondor to‘rtinchi shaxsni ushlaganini ma’lum bo‘ldi. Bu haqda “TASS” xabar bermoqda.
Terakt ijrosi bilan shug‘ullangan yacheyka 12 kishidan iborat ekanligi oldinroq aniqlangan edi. Ulardan besh nafari Kambrilsda terakt uyushtirishga harakat qilganida otib tashlandi. Yana uch nafari qochib yuribdi.
Birinchi gumondorning surati Ispaniya matbuotida e’lon qilingan edi. Birozdan so‘ng u qo‘lga olingani ma’lum bo‘ldi. Ikkinchi gumondor otib tashlandi.
Oxirgi ma’lumotlarga qaraganda, Barselonadagi terakt oqibatida 14 kishi halok bo‘lgan.
Ispaniyada Barselonadagi terakt qurbonlari xotirasiga uch kunlik motam e’lon qilindi.
Izoh (0)