Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning 11-avgust, juma kuni Olmaliq shahriga qilgan tashrifidan so‘ng shahar hokimi va yana uchta rahbar o‘z lavozimidan ozod etildi.

Foto: Facebook / Shavkat Mirziyoyev

Foto: Facebook / Shavkat Mirziyoyev

Tashrif doirasida Olmaliq tumani faollari bilan bo‘lib o‘tgan yig‘ilishda davlat rahbari Olmaliq prokurori ham, hokimi ham, Toshkent viloyati hokimi ham xalq bilan bir xil sharoitda yashashi kerakligini ta’kidlab o‘tdi.

“Men qaror qabul qildim — majlisbozlikni yo‘q qildik. Tumanning to‘rt rahbari — hokim, prokuror, Ichki ishlar boshqarmasi boshlig‘i, soliq xizmati rahbari — shaharning markazida aholi bilan yashaydi. Davlat ularga uy beradi, ular o‘sha yerda yashaydi, o‘sha yerda nafas oladi. Svet bo‘lsa, svet bilan yashaydi. Svet bo‘lmasa svetsiz yashaydi. Yo‘l bo‘lmasa, yo‘lsiz yashaydi. Suv bo‘lmasa, suvsiz yashaydi. Nonning qimmatligini, go‘shtdagi noinsoflikni sezib, o‘sha hid bilan yashasa, men ularni jamoamga qabul qilaman. Bo‘lmasa, qabul qilmayman”, — dedi Shavkat Mirziyoyev.

Bu kimgadir yoqadi, kimgadir yoqmaydi. Men shunday tizim qildim. Biz ancha kechikkanmiz. Odamlar bizdan norozi. Xalqimiz chidagani uchun sajda qilib, ta’zim qilib kechirim so‘rashimiz kerak.

Shavkat Mirziyoyev, O‘zbekiston Prezidenti

Izoh
Asosiy yangiliklar
Dunyo
Yerni kuchli va uzoq davom etadigan magnit bo‘ronlari qoplaydi
Iqtisodiyot
Banklar, IT va sanoat: O‘zbekistonning eng yuqori oylik to‘langan sohalari e’lon qilindi
Mahalliy
Bo‘stonliqdagi xonadonlarning birida gaz chaqnadi