Tojikiston mudofaa vazirligi So‘g‘d garnizoni 14–17-avgust kunlari O‘zbekiston va Qirg‘iziston chegarasida yirik harbiy mashg‘ulotlar o‘tkazadi. Bu haqda vazirlik matbuot kotibi polkovnik Faridun Mahmadalizoda bayonot berdi, deb xabar qiladi “Kommersant.uz”.
Uning so‘zlariga qaraganda, mashg‘ulotlarda hududiy mudofaani tashkil etish, milliy armiya zaxirasi samaradorligini oshirish, garnizon qo‘shinlari va viloyat kuch qurilmalarining chegarani buzib o‘tgan terrorchilarga qarshi kurash harakatlarini muvofiqlashtirish ko‘nikmalari ustida ishlanadi.
O‘quvlarga 10 harbiy aviatsiya birligi, 200 zirhli texnika birligi, 70 artilleriya birligi va 450 harbiy avtomobil jalb etiladi. Harbiy manyovrlarga Tojikiston mudofaa vaziri general-leytenant Sherali Mirzo qo‘mondonlik qiladi.
Izoh (0)