Eron parlamenti 13-avgust kuni ballistik raketalar ishlab chiqarishga qaratilgan loyihani moliyalashtirishga qo‘shimcha tarzda 520 million dollar ajratilishini nazarda tutuvchi qonun loyihasini ma’qulladi. Bu haqda “TASS” xabar bermoqda.
Aytilishicha, AQShning yangi sanksiyalariga qarshi ishlab chiqilgan qonun loyihasi ko‘pchilik ovoz bilan qabul qilindi.
“Amerikaliklar bu faqat birinchi qadam ekanligini tushunishi lozim”, — dedi ovoz berish chog‘ida parlament raisi Ali Larijoniy.
Izoh (0)