Shimoliy Koreya atrofidagi vaziyatning chigallashishi tufayli Yaponiya fuqarolari oxirgi paytda xususiy bombapanalar xarid qilishga qiziqmoqda. Bu haqda “Interfaks” xabar bermoqda.
Bunday inshootlar barpo etuvchi ayrim yapon kompaniyalari buyurtmalar ko‘pligidan hatto mijozlar ro‘yxatlarini shakllantirmoqda.
Yaponiya fuqarolari chet el kompaniyalariga ham murojaat etmoqda. Jumladan, Texasdagi (AQSh) bir kompaniya oxirgi haftalarda bombapanalarga bo‘lgan buyurtmalar o‘sganini, yangi buyurtmalarning 80 foizi Yaponiyadan kelmoqda.
Bundan tashqari, havo tozalash tizimlariga bo‘lgan ehtiyoj ko‘paygan bo‘lib, bu kimyoviy hujum tahdidi bilan bog‘liq bo‘lishi mumkin.
Yaponiya Janubiy Koreya qatorida Shimoliy Koreyaning asosiy nishonlaridan biri bo‘lishi mumkin. Ekspertlarning fikricha, KXDR raketalariga Yaponiya hududiga o‘n daqiqa ichida yetib kelishi mumkin.