Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Angliya banki ishlab chiqarilishida hayvon yog‘idan olinadigan komponentlar qo‘llaniladigan plastik kupyuralar chiqarishda davom etadi. Bu haqda regulyatorning rasmiy saytida bayonot berildi, deb xabar qiladi “Gazeta.ru”.

Foto: BBC

Foto: BBC

Angliya markaziy banki yangi banknotalar chiqarishga 46 million funt sterling sarflagan bo‘lib, ayrim hayvonlar huquqlari faollarning e’tirozlariga qaramay, pulni iste’moldan chiqarmay, balki masalani chuqurroq o‘rganib chiqishga qaror qildi.

“Bank bayonot beradiki, sinchiklab o‘tkazilgan tekshiruvlardan, keng miqyosli jamoat maslahatlashuvlaridan so‘ng kelajakdagi kupyuralar uchun polimerlar tarkibida o‘zgarishlar bo‘lmaydi”, — deyiladi bank xabarida.

Aniqlashtirilishicha, bunday banknotalarning yagona muqobili ishlab chiqarilishi uchun palma yog‘i talab etiladi, bu esa yaqin o‘n yil ichida davlat budjetiga qo‘shimcha 16,5 million funt sterling zarar keltiradi, shuningdek, salbiy ekologik oqibatlarga ega bo‘ladi.

5, 10, 20 funt sterling qiymatga ega yangi banknotalar ishlab chiqarishda eski polimerdan foydalanilishi davom ettiriladi. Uning tarkibida 0,05 foiz hayvon yog‘idan olingan moddalar bor.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Dunyo
General Pyotr Pavel Chexiyaning yangi prezidenti etib saylandi
Dunyo
Amerikadagi rus mafiyasi boshlig‘iga aylanib, Rossiyada o‘lim topgan “qonundagi o‘g‘ri” — “Yaponchik”. Kun xronologiyasida 29-yanvar
Mahalliy
Markaziy bank raisining kripto-aktivlar bo‘yicha ma’lumoti rad etildi