AQSh prezidenti Donald Tramp o‘zining 17 kunlik “ish ta’tili”ni Nyu-Jersi shtati Bedminster shaharchasidagi Trump National Golf Club golf-klubida o‘tkazmoqda, deb xabar beradi Forum Daily.
Tramp bu yerni 2002-yilda avtomobil kompaniyalaridan biriga egalik qiluvchi Jon Delorendan 35 million dollarga sotib olgan.
Bedminster — 9 mingga yaqin odam istiqomat qiladigan kichik shaharcha. Bu yerda tartibni saqlash uchun 16 nafar politsiya ofitseri xizmat qiladi.
Tramp 216 gektar maydonni egallagan ushbu golf-klubni 2004-yilda ochgan.
Klubga a’zo bo‘lishning yillik badali 350 ming dollar bo‘lib, u AQShdagi eng yaxshi klublardan biri hisoblanadi.
2017-yil ushbu klubda ayollar o‘rtasidagi US Open chempionati o‘tkazilgan bo‘lib, tadbirda shaxsan Trampning o‘zi ham qatnashgan.
Izoh (0)