Qashqadaryo viloyati Mirishkor tuman IIBda o‘tkazilayotgan “Tozalash” tadbirida profilaktika inspektorlari tomonidan fohishalik bilan shug‘ullangan ayol ushlandi. Bu haqda “Daryo”ga IIV Huquqbuzarliklar profilaktikasi bosh boshqarmasi xabar berdi.
Mirishkor tumani Pomuq qishlog‘ida yashovchi 1981-yili tug‘ilgan fuqaro Sh.Z. shu qishloqda yashovchi fuqaro A.S. bilan 20 ming so‘m pul evaziga jinsiy aloqada bo‘layotganligi aniqlandi.
Fuqaro Z.Sh. ga nisbatan Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 190-moddasi 1-qismiga asosan ma’muriy bayonnoma rasmiylashtirilib, to‘plangan hujjatlar qonuniy chora ko‘rish uchun Jinoyat ishlari bo‘yicha Mirishkor tumani sudiga yuborildi.
Izoh (0)