Rossiya tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov va AQSh davlat kotibi Reks Tillersonning uchrashuvi chog‘ida Moskvaning AQSh sanksiyalariga javoban qabul qilingan qarorlari masalasi ko‘tarildi. Bu haqda Lavrov uchrashuv yakunlariga ko‘ra jurnalistlar bilan o‘tkazgan uchrashuvi chog‘ida aytib o‘tdi, deb xabar beradi “RIA Novosti”.
Lavrovning so‘zlariga qaraganda, AQSh diplomatiyasi rahbari Rossiya qarorlarining tafsilotlariga qiziqqan.
“Biz unga bu tushuntirishlarni berdik”, — dedi Lavrov.
“Bu Putinning ‘Rossiya’ kanaliga bergan intervyusi asosida qilindi. U yerda barchasi batafsil tushuntirilgan, uzoq kutgandan so‘ng qabul qilingan qarorlarimiz haqida gapirilgan”, — qo‘shimcha qildi Lavrov.
Izoh (0)