AdMe dunyoning siz hali eshitmagan eng qiziqarli burchaklari haqida ma’lumot to‘pladi.
Puladagi amfiteatr, Xorvatiya
U Rimdagi Kolizeydan qolishmaydi. Amfiteatr dastlab yog‘ochdan qurilgan, eramizning I asrida esa toshdan qayta barpo etilgan. 23 ming kishini sig‘dira olgan, u yerda ommaviy tomoshalar uyushtirilgan.Pon-d’Ark tabiiy ko‘prigi, Fransiya
U Ardesh daryosi ustida qad ko‘targan. Yuzlab yil davomida daryo qoyadan balandligi 50 metr, kengligi 60 metr bo‘lgan arkani o‘yib hosil qildi.Elton ko‘li, Volgograd viloyati, Rossiya
Tuzli suv havzasining maydoni 150 kvadrat km bo‘lib, u Yevropadagi eng yirik mineral ko‘ldir. Uning chuqurligi yozda 7—10 sm, bahorda esa 1,5 metrni tashkil qiladi.“Orta labirinti”, Ispaniya
Barselonada XVIII asrda neoklassik bog‘ sifatida barpo etilgan. Ilgarilari u yerda madaniy va jamoatchilik tadbirlari o‘tkazilgan.Sen Mishel d’Egil butxonasi, Fransiya
Fransiya janubidagi Le-Pyui-an-Vele shaharchasida, 90 metrli qoya cho‘qqisida joylashgan butxona 962-yilda qurilgan.Biey moviy hovuzi, Yaponiya
Xokkaydo prefekturasida to‘g‘on qurilishidan keyin eroziya jarayonlarini nazorat qilish tizimining bir qismi sifatida hosil qilingan. Suvning noodatiy yorqin moviy rangi minerallar tufayli hosil bo‘lgan hamda tabiiy sharoit va nazar solish nuqtasiga qarab, u o‘zgarishi mumkin.
Izoh (0)