Turkiyalik 22 yoshli havaskor rassom Berk Armug‘on dunyo bo‘ylab sayr qilib, safar davomida oddiy oq karton qahva idishlariga o‘zi ko‘rgan osori atiqalarni chizib boradi.
Odatda u nimani chizishini oldindan rejalashtiradi, ammo yo‘lida rejadan tashqari go‘zal maskanlar chiqib qolganida ham to‘xtab turmaydi. U o‘z ishlarini suratga olib, Instagram’dagi SeyyahArt sahifasiga joylab boradi.
Surat chizilgan idishlarni sotib, rassom keyingi safarlari uchun mablag‘ to‘playdi. Shuningdek, pulning bir qismini xayriya maqsadlariga sarflaydi.
Bir necha yil ichida u boshlagan ish mashhur trendga aylandi. Starbucks tarmog‘i hatto tanlov e’lon qilib, eng yaxshi dizaynerlik yechimlarini hayotga tatbiq etib bormoqda.
Uning asarlaridan namunalarni TJournal taqdim etdi.
Izoh (0)