Mikroto‘lqinli pechda isitish mumkin bo‘lmagan 20 ta mahsulot
Mahsulotlarni mikroto‘lqinli pechda isita turib, buning uchun qanchalik to‘g‘ri idish tanlaganligimiz, u pechni, qolaversa, mahsulotning o‘zini ham yaroqsiz ahvolga keltirishi mumkinligi haqidagi o‘ylarga duch kelamiz. Quyida mikroto‘lqinli pechdan foydalanish tavsiya etilmaydigan eng muammoli mahsulotlar va qadoqlarni keltirib o‘tamiz.
Plastmassa buyumlar
Plastmassa qizdirilganda o‘zidan zaharli kimyoviy birikmalar (masalan, bisenfol-A) chiqarib, bu foydalanuvchining zaharlanishiga olib kelishi mumkin. Mahsulotlarni mikroto‘lqinli pechda shisha, sopol yoki maxsus idishda isitish tavsiya etiladi.
Penoplast
Penoplast qadoq materiali mahsulotlarni saqlash muddatini uzaytirish va taom sifatini saqlash uchun xizmat qiladi. Mikroto‘lqinli pechda qizidirish davomida u ham o‘zidan zararli moddalar chiqaradi.
Alyumin folga o‘ram
Mahsulotlarni pechga solishdan avval alyumin folga o‘ramni olib tashlash tavsiya etiladi, aks holda yong‘in yuzaga kelishi mumkin.
Lanch-boks
Bunday o‘ramlarning aksariyat qismi plastmassa yoki qog‘ozdan tayyorlanishiga qaramasdan, ba’zi modellarda metall elementlardan ham foydalaniladi. Metallni mikroto‘lqinli pechga solish esa qat’iy taqiqlanadi.
Tilla suvi yoki kumush yugurtirilgan hoshiyali oshxona idishi
Bezak uchun tilla yoki kumush yugurtirilgan idishda metalldan foydalanilganligi uchun mikroto‘lqinli pechda bunday idishlarni qo‘llash taqiqlanadi.
Issiqbardosh bo‘lmagan shisha
Zamonaviy shisha oshxona idishlari asosan issiqqa chidamli shishadan tayyorlanadi. Eski, issiqqa chidamli bo‘lmagan idishga esa mikroto‘lqinli pechda zarar yetishi mumkin.
Kristall
Kristall panjara haroratning keskin o‘zgarishiga juda ta’sirchan bo‘lib, qizdirganda ko‘pincha shikastlanadi.
Akril idish
Mazkur plastmassaning yana bir ko‘rinishi ham qizdirganda kanserogenlar chiqaradi. Bundan tashqari, ular qizdirilganda yorqinligini yo‘qotib, rangi o‘zgaradi.
Qadoqdagi yogurtlar, muzqaymoq va boshqa sutli mahsulotlar
Yupqa devorli plastmassa stakanchalar nafaqat o‘zidan zararli moddalar chiqaradi, balki tezlik bilan erib, undagi mahsulot tarkibini ham buzadi.
Qog‘oz o‘ram paketlari
Bu oson alangalanuvchi o‘ram yong‘inni keltirib chiqarishi mumkin. Bundan tashqari, ba’zi paketlarga tipografik muhr qo‘yiladi. Kraska esa yuqori haroratda havoga zaharli parlar chiqarishi mumkin.
Suv
Suvni isitishga to‘g‘ridan-to‘g‘ri taqiqlar yo‘q, biroq tez qaynab ketuvchi suyuqlik kuyishga olib kelishi mumkin. Suv va tarkibida suv bo‘lgan ichimliklarni isitishda ehtiyot bo‘ling.
12.Tuxum (po‘chog‘i bilan)
Bunday tuxum mikroto‘lqinli pechda portlab ketishi mumkin va mikroto‘lqinli pechni tozalash bilan bog‘liq qo‘shimcha yumushni keltirib chiqaradi.
Uzum
Mevalari portlab ketadi, yana uzum yaxshi yonadi ham!
Qalampir
U yaxshi alangalanadi, bundan tashqari, u qizdirilganda havoga ko‘z va burun shilliq qavatiga zarar yetkazuvchi modda chiqaradi.
Sabzi
Tarkibida temir, selen va magniy bo‘lgan mikroelementlar qizdirilganda metallga aylanadi.
Tozalanmagan kartoshka
Xuddi tuxumlar bilan bog‘liq muammoni keltirib chiqarishi mumkin, biroq uning qobig‘ida sanchqi yordamida teshiklar hosil qilish yo‘li bilan portlash oldini olish mumkin.
Tomatlar
Pomidorlar mikroto‘lqinli pechda o‘zini xuddi kartoshka yoki tuxum kabi tutadi.
Kolbasa mahsulotlari
Kolbasa ustidagi qobig‘i yorilib ketib, pech yuzasini ifloslantirishi mumkin. Uni qobig‘idan tozalab isitish tavsiya etiladi.
Go‘shtli taomlar
Go‘shtli taomlarni yaxshi pishirish uchun uni kichkina bo‘laklarga ajratish tavsiya etiladi. Aks holda go‘sht yaxshi pishmasligi mumkin.
Non mahsulotlari
Non juda tez qurib, mikroto‘lqinli pechda kuyib ketishi mumkin. Bu jarayonni nazorat qilish qiyin. Shuning uchun non uchun maxsus toster yoki duxovkadan foydalaning.
Izoh (0)