Turli mamlakatlarda tashlandiq va eski qamoqxonalar jamoat joylariga va mehmonxonalarga aylantiriladi. Ularning ba’zilari tubdan qayta qurilgan bo‘lsa, ba’zilarida asl estetika saqlab qolingan. TJournal ana shunday mehmonxonalar jamlanmasini taqdim etdi.
The Liberty Hotel, Boston, AQSh
Boston qamoqxonasi qimmat mehmonxonaga aylantirilishidan oldin 140 yil davomida mahbuslarni saqlagan. Binoning tashqi ko‘rinishi deyarli o‘zgarishsiz qolgan, ichki qismi esa to‘liq qayta jihozlangan.
Alcatraz Hotel, Kayzerslautern, Germaniya
Mehmonxona binosida qamoqxona 1867-yildan 2002-yilgacha faoliyat ko‘rsatgan. Keyinchalik u ta’mirlangan va hozirgi paytda 56 ta nomerdan iborat mehmonxona hisoblanadi.
Best Western Premier Hotel Katajanokka, Xelsinki, Finlyandiya
Xelsinkidagi sobiq qamoqxona binosida mahbuslar sudni kutgan. Hozirgi vaqtda mehmonxonada asl g‘ishtin devorlar saqlab qolingan, ularda eski yozuvlar mavjud.
Four Seasons Sultanahmet, Istanbul, Turkiya
Mehmonxona shahar markazida, diqqatga sazovor joylar yaqinida joylashgan. Undagi qamoqxona XX asr boshlarida faoliyat ko‘rsatgan. Qamoqxonadan eski yog‘och eshiklar, mahbuslarning ismlari yozilgan marmar ustun saqlanib qolgan.
Het Arresthuis Hotel, Rurmond, Niderlandiya
Niderlandlarning o‘ta qattiq tartibli qamoqxona tizimlaridan biri 1862-yilda ochilgan. Ancha vaqtdan keyin uning 105 ta kamerasi 40 ta katta xonaga aylantirilgan.
Ottawa Jail Hostel, Ottava, Kanada
O‘zining 10 yillik faoliyati davomida (1962 —1972-yillar) Ottavadagi qamoqxona mahbuslarga nisbatan noinsoniy munosabatlar sababli shuhrat qozongan. Undagi kameralarda isitish va kanalizatsiya tizimi mavjud bo‘lmagan. Binoning bir qismi dastlabki holatida saqlab qolingan. Ba’zi tashrif buyuruvchilar esa kameralarda yashaganlarning arvohlarini uchratganini tasdiqlaydi.
Hostel Celica, Lyublyana, Sloveniya
Sobiq harbiy qamoqxona rassomlar va arxitektorlar tomonidan o‘zgartirilgan, biroq asl deraza va eshiklar tufayli avvalgi muhitni saqlab qolgan.
Hotel de la Paix Luang Prabang, Luangpxabang, Laos
Sobiq shahar qamoqxonasi ta’mirdan so‘ng 23 ta shinam xona, bog‘ va hovuzga ega bo‘lgan. mehmonxona hududida hali ham bir nechta qorovul minoralarini ko‘rish mumkin.
Jail Hotel, Lyutsern, Shveysariya
1862-yilda qurilgan bino 1998-yilgacha qamoqxona sifatida faoliyat olib borgan. Sayohatchi haqiqiy qamoqxona kameralaridan birida tunashi mumkin. Mehmonxona kutubxonasida bir vaqtlar mahbuslar o‘qigan kitoblar saqlanadi.
Karosta Prison hotel, Liyepaya, Latviya
Latviyadagi mehmonxona qamoqxonaning katta qismini saqlab qolgan. Shu jumladan mebellar, idish-tovoqlar.
Långholmen, Stokgolm, Shveysiya
Bu joyda 1649-yilda qurilgan qarorgoh 1724-yilda davlat tomonidan sotib olingan va keyingi 250 yil davomida ayollar qamoqxonasi sifatida xizmat qilgan va doimiy kengayib borgan. 1975-yilda qamoqxona yopilgan. Hozirgi kunda bino talabalar uyi sifatida faoliyat ko‘rsatmoqda. Binoda bu joy tarixi haqida ma’lumot beruvchi muzey ishlamoqda.
Malmaison Oxford, Oksford, Buyuk Britaniya
Qariyb ming yillik tarixga ega bino qal’a va qamoqxona bo‘lgan. Hozirgi vaqtda unda butik-mehmonxona joylashgan.
The Lloyd Hotel & Cultural Embassy, Amsterdam, Niderlandiya
Lloyd Hotel binosi o‘zining uzoq tarixi davomida millatchilik rejimi vaqtida muhojirlar, qochoqlar va yahudiylar uchun joy, Ikkinchi jahon urushi boshidan 1963-yilgacha qamoqxona, va nihoyat, voyaga yetmaganlarni qamoqda ushlab turish joyi sifatida xizmat qilgan. Hozirgi vaqtda mehmonxonada 117 ta nomer bor .
The Old Mount Gambier Gaol, Maunt-Gambier, Avstraliya
Ayni paytda mehmonxona joylashgan bino 1866—1995-yillarda qamoqxona sifatida xizmat qilgan. Kompleksning bir qismi yopilgan, biroq sayyohlar qamoqxona oshxonasida ovqatlanishi va oddiy xonalada tunni o‘tkazishi mumkin.
Unitas Hotel, Praga, Chexiya
Chex davlat arbobi Vatslav Gavel saqlangan qamoqxona 1989-yilda yopilgan. Hozirgi paytda bu mehmonxona nomerlari kameralarda joylashgan.
Bridewell Hotel, Liverpul, Buyuk Britaniya
1867-yilda qurilgan sobiq qamoqxona kameralari 85 ta zamonaviy xonalarga aylantirilgan.
Izoh (0)