Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Rossiyaning Omsk shahrida 35 yoshli sarxush haydovchini mast evakuatorchi olib ketishga urindi, deb yozadi “Gazeta.ru”.

Foto: “123ru.net”

Foto: “123ru.net”

Omsk yo‘llaridagi mast haydovchilarni aniqlashga qaratilgan “Hushyorlik” operatsiyasi doirasida Yo‘l harakati xavfsizligi davlat inspeksiyasi avtoinspektorlari 17-iyul kuni ertalab avtomobilni shirakayf holatda boshqarayotgan 35 yoshli mahalliy fuqaroni to‘xtatdi. Erkakni transport vositasini boshqarishdan chetlatishdi, voqea joyiga esa evakuator chaqirishdi.

Ammo yetib kelgan maxsus avtomobil haydovchisi ham mast bo‘lib chiqdi, buni tibbiy ko‘rik natijalari tasdiqladi. Oxir-oqibat YHXDI xodimlari ikkala haydovchiga nisbatan ham ma’muriy qoidabuzarliklar haqida bayonnomalar tuzdi.

Evakuator voqea joyidan qay tarzda evakuatsiya qilingani xabar berilmayapti.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Dunyo
Turkiya prezidentligiga nomzod Do‘g‘u Perinchek saylovda g‘alaba qozonsa, mamlakatni NATOdan chiqarishga va’da berdi
Mahalliy
O‘zbekistonda 25-mart kuni qanday ob-havo kuzatilishi ma’lum qilindi
Sport
Krishtianu Ronaldu terma jamoalar miqyosida ikkita tarixiy rekord qayd etdi