75 yil muqaddam bedarak yo‘qolgan er-xotinning tanasi Shveysariya Alplaridagi eriyotgan muzlik ichidan topildi. Bu haqda, Reuters’ga asoslanib, “RIA Novosti” xabar bermoqda.
1942-yil avgustida Vale kantonidagi Shandolen qishlog‘ida istiqomat qiluvchi Marselen va Fransin Dyumulen bedarak yo‘qolgan edi.
17-iyul kuni politsiya Sanfleron muzligidan ikki tana topilganini e’lon qildi. Halok bo‘lganlarning yonida hujjatlari bo‘lgani bois ularning shaxsi tezda aniqlandi.
Izoh (0)