Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Dublindagi masjidlardan birining qarovchisi pichoq bilan qurollangan talonchini zararsizlantirib, uni tuxum bilan mehmon qildi. Bu haqda Irlandiyaning The Independent nashri xabar bermoqda.

Foto: AP

Foto: AP

Ali Yosin 28 yoshli Stiven Boyl stol ostida bekinib yotganini ko‘rib, undan ketishni talab qildi. Bunga javoban Boyl Yosinga pichoq bilan tashlandi, uni yaraladi va qochishga urindi. Qarovchi unga yetib olib, oyog‘idan chaldi va, yiqitgach, tinchlanishga chaqirdi. Shundan so‘ng musulmon tuxm qovurib, hujum qilgan odamga berdi va uning hikoyasini eshitdi.

Nonushtadan so‘ng Boyl ketdi, bunda ikki mobil telefonni o‘zi bilan olib ketdi. Ertasiga Yosin shahar markaziga telefon raqamlarini bloklash uchun yo‘l oldi va u yerda yana tasodifan Boylni uchratib qoldi. O‘g‘ri uzr so‘rab, o‘g‘irlangan texnikani qaytarib berdi.

Boyl sudda aybini tan oldi. Boyl telefonlarni mehmondorchilikdan oldinroq olganini, suhbatdan so‘ng ularni qaytarib berishni unutganini aytdi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
Mashina olib berishni vaʼda qilib, 248 kishini 12 mlrd so‘mga chuv tushirgan firibgarlarga hukm o‘qildi
Mahalliy
Shavkat Mirziyoyev Nukusdagi xonadonda iftorlik qildi (video)
Dunyo
Blinken AQSH fuqarolarini zudlik bilan Rossiyani tark etishga chaqirdi