Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Italiyaning “Latsio” klubi sardori Lukas Bilya faoliyatini “Milan”da davom ettiradi. Bu haqda “rossonerilar” rasmiy sayti xabar berdi.

Foto: “Milan”

Foto: “Milan”

“Latsio” bilan shartnomasi 2018-yilning yozida yakuniga yetadigan argentinalik futbolchi uni cho‘zishni istamadi. Fursatdan foydalanib qolgan milanliklar esa Bilyani 17 million yevro evaziga sotib oldi. Uning o‘yinlari va “Milan”ga tegadigan foydasi rimliklar hisob raqamini keyinroq yana 3 million yevroga boyitishi mumkin.

“Milan” hamda Lukas Bilya o‘rtasida 3 yillik bitim imzolandi. Yarim himoyachi yangi jamoasida 2020-yil oxiriga qadar to‘p tepadi.

31 yoshli futbolchi A seriyaning yakuniga yetgan mavsumida “Latsio” uchun 34 ta o‘yinda maydonga tushib, 5 ta gol urgan va 4 ta golli uzatmani amalga oshirgandi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
Maktab o‘qituvchilariga “Open budget”da ovoz to‘plash bo‘yicha topshiriq berilayotgani aytilmoqda 
Turkmaniston
Ashxobod tajribasi: odamlar zilziladan emas, balki binolar tufayli halok bo‘ladi
Dunyo
“Tolibon” opium savdosidan olinadigan soliqni bekor qildi. Narkotik modda uchun qancha soliq to‘langan?