O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Yunusobod tumanidagi “Islomobod” mahallasida yashovchi Tohir va Shohista To‘laganovlar xonadonida mehmon bo‘ldi. Bu haqda O‘zA xabar berdi.

Foto: O‘zA

“Mamlakatimizda amalga oshirilayotgan islohotlar va ularning samaralari, farzandlar tarbiyasi haqida so‘z yuritildi. Oiladagi barcha farzandlar hayotda o‘z o‘rnini topgan.

Oila faxri va farishtasi Shohaydar ota Shoismoilov mamlakatimizga tinchlik-osoyishtalik, xalqimizga yanada farovonlik, Prezidentimizga sog‘lik-omonlik tilab duo qildi”, — deyiladi O‘zA xabarida.