Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

AQSh kongressining vakillar palatasiga demokratlar vakillari Bred Sherman va El Grig Amerika prezidenti Donald Trampning impichmenti jarayonini boshlash haqidagi masalani ko‘rib chiqish uchun kiritdi, deb yozadi “Vedomosti”.

Foto: USA Today

Foto: USA Today

Shermanning bayonotida aytilishicha, “biz vakillar palatasi yuridik qo‘mitasining adolatga qarshilik qilish va Rossiyaning saylovlarimizga aralashuvi haqidagi masala bo‘yicha eshitishlar o‘tkazishiga turtki berish maqsadida choralar ko‘rishni boshlaymiz”.

“Kichik Donald Tramp yaqinda oshkor qilgan ma’lumotlar Trampning saylov shtabi Rossiya tomonidan yordamni qabul qilishga tayyor bo‘lganini ko‘rsatadi”, — deya ta’kidladi senator.

Sherman, shuningdek, Trampning FQB sobiq direktori Jeyms Komi bilan suhbati va uning oxir-oqibat ishdan haydalishi “adolatga qarshilik qilish”ning yaqqol isboti deb hisoblaydi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
Germaniyada aviatsiya xodimlari ish tashlashi tufayli Uzbekistan Airways Frankfurtga parvozni bekor qildi
Mahalliy
Buxoroda bir qancha oilaviy bog‘chalar faoliyati vaqtincha to‘xtatildi 
Iqtisodiyot
Navoiyda o‘sish, Toshkentda qisqarish: hududlarda tovarlar eksporti hajmi qanday bo‘lmoqda?