• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12634.34
    • RUB162.37
    • EUR14821.34
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +26°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Avto

    Yo‘l harakati xavfsizligi xizmatining faoliyati qayta ko‘rib chiqiladi

    O‘zbekiston Prezidentining 11-iyuldagi qarori bilan Ichki ishlar vazirligi va uning hududiy bo‘linmalari oldiga yo‘l harakati xavfsizligini ta’minlash borasida qator yangi vazifalar qo‘yildi. Bu haqda “Gazeta.uz” xabar bermoqda.

    Foto: “Gazeta.uz”

    Foto: “Gazeta.uz”

    Hujjatda yo‘l harakati xavfsizligi xizmati bo‘linmalari faoliyatini tashkil etishni yangi sifat bosqichiga ko‘tarish, jumladan, asosiy vazifa va funsiyalarni aniq belgilash, rahbarlar va xodimlarning shaxsiy javobgarligini o‘rnatish ko‘zda tutilmoqda.

    Yo‘l harakati qoidalarining buzilishi profilaktikasi tizimi qayta ko‘rib chiqilishi va takomillashtirilishi kutilmoqda. YTH va yo‘l tirbandligini bartaraf qilish bo‘yicha ishlar sabab va shartlarni kompleks tahlil qilish yo‘li bilan amalga oshirilishi belgilandi.

    Bundan tashqari, yo‘l harakatini nazorat qilishning avtomatlashtirilgan tizimini, videokuzatuv va yo‘l harakati qoidalari buzilishini qayd etish tizimini, shuningdek, boshqa texnik vositalarni, birinchi galda viloyat markazlarida kengaytirish, nazoratning yuqori samaradorligini, qoidabuzarliklarni o‘z vaqtida aniqlash va bartaraf qilishni ta’minlash rejalashtirilmoqda.

    Yo‘llarni sifatli saqlash va ularni yo‘l belgilari bilan ta’minlash talablariga qat’iy rioya etilishi ta’minlanadi.

    Shuningdek, fuqarolar orasida yo‘l harakati ishtirokchilari tomonidan yo‘l harakati qoidalariga rioya etish madaniyatini oshirishga qaratilgan tushuntirish ishlarini olib borish, shu jumladan, aholi orasida targ‘ibot va tashviqot olib borish yo‘llarini kengaytirish va takomillashtirish ko‘zda tutilmoqda.

    Hujjatda belgilangan yana bir yo‘nalish — yo‘l harakati ishtirokchilari haq-huquqlariga rioya etilishini, ularning g‘ururi va nafsoniyati hurmat qilinishini, xizmat chog‘ida muloqot madaniyati va etikaga qat’iy rioya etilishini ta’minlash.

    “O‘zavtoyo‘lbelgi” davlat unitar korxonasining tuzilishi ma’qullandi. Uning muassisi — avtomobil yo‘llari bo‘yicha davlat qo‘mitasi. Unitar korxonaning asosiy vazifasi yo‘l belgilari, axborot ko‘rsatkichlari hamda yo‘l harakatini boshqarishning boshqa texnik vositalarini standartlashtirish bo‘yicha normativ hujjatlarga muvofiq ishlab chiqarish bo‘ladi.

    Yo‘l belgilarini bosqichma-bosqich yuqori intensivlikdagi (nur qaytaruvchi) zamonaviy muqobillari bilan almashtirish rejalashtirilmoqda. Shuningdek, yo‘l chiziqlarining ekspluatatsiya muddatini uzaytiruvchi maxsus texnika va uskunalar xarid qilinishi ko‘rsatilmoqda.

    Uch oy muxlat ichida yo‘l harakati sohasidagi standartlashtirish normativ hujjatlari yangilanadi. Ularda respublika va xalqaro ahamiyatga molik yo‘llar 900 millimetrli, boshqa yo‘llar uchun 700 millimetrli metall korpusli yuqori intensivlikdagi yo‘l belgilari ishlab chiqarilishi, shuningdek, ularni yaxshi ko‘rinishni ta’minlaydigan konstruksiyalarga mustahkamlanishi inobatga olinadi.

    Mamlakatda yo‘l harakati xavfsizligini boshqarishning yagona markazlashtirilgan axborot-kompyuter tizimi tashkil etiladi. Bunda Toshkent shahridagi mavjud tizim kengaytiriladi, shuningdek, Nukusda va viloyat markazlarida ushbu tizim joriy etiladi.

    Yo‘l-patrul xizmati statsionar postlarining optimizatsiya qilinishi va bosqichma-bosqich rekonstruksiyadan chiqarilishi, avtomobil harakati nazoratiini amalga oshirishni takomillashtirish uchun modernizatsiya qilish va moddiy-texnik bazasini yaxshilash belgilandi.

    Yo‘l-patrul xizmatining avtomobil texnikasi va maxsus uskunalari uzluksiz yangilanishi uchun har yili 55 avtotransport vositasi, 600 tayoqcha, 500 radiostansiya va boshqa vositalar sotib olinadi.

    Tajriba sifatida Toshkentda, Samarqand va Xorazm viloyatlarida yo‘l-patrul xizmatining mototsikldagi guruhlari tashkil etiladi. Ularning zimmasiga yo‘l va ko‘chalarning o‘tish qiyin qismlarida, odamlar to‘plangan joylarda yo‘l harakati xavfsizligini va hamda qoidalarga rioya etilishini ta’minlash, shuningdek, xorijiy va boshqa delegatsiyalarni kuzatib borish vazifasi yuklanadi.

    2018–2019-o‘quv yilidan boshlab Ichki ishlar vazirligi akademiyasida “Yo‘l harakati xavfsizligini ta’minlash bo‘yicha xodim” mutaxassisligi bo‘yicha oliy ma’lumotli kadrlarni tayyorlash yo‘lga qo‘yiladi.

    Yo‘l-patrul xizmatining avtotransport vositalari bosqichma-bosqich audio va videofiksatsiya uskunalari bilan ta’minlanadi, bunda YPX xodimlari mobil kameralar bilan ta’minlanadi.

    2018-yil 1-yanvaridan joriy etiladigan elektron tizim yo‘l harakati bo‘yicha ma’muriy ishlarning ko‘rib chiqilishini, tegishli notarial harakatlarning ro‘yxatga olinishini, avtotransport vositalarini texnik ko‘rikdan o‘tkazilishini nazorat qilishni, yo‘l harakati xavfsizligi xizmati bo‘linmalari tomonidan davlat xizmatlarining ko‘rsatilishini osonlashtirishi kutilmoqda.

    Qo‘shimcha tarzda avtotransport vositalari haydovchilarini tayyorlash va qayta tayyorlash tizimini takomillashtirish rejalashtirilmoqda.

    12.07.2017, 22:04   Izoh (0)   43022
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Chirchiqda mikroavtobus BTR bilan to‘qnashib ketdi. Qurbonlar bor

    12.07.2017, 18:15

    Fotogalereya: E’lonlardagi o‘ta qimmat avtomobillar

    12.07.2017, 11:36

    Malla sochli qiz pushtirang Lamborghini’ni 340 km/soat tezlikda haydab rekord o‘rnatdi (video)

    12.07.2017, 11:22

    Foto: Samarqandda tramvay Damas bilan to‘qnashib ketdi

    11.07.2017, 17:56

    “Volga—2020”ning suratlari e’lon qilindi (foto)

    11.07.2017, 13:28

    Jizzaxdagi gaz to‘ldirish shoxobchalarida so‘nggi ikki haftada uch marta portlash yuz berdi

    10.07.2017, 20:07
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Central Asian University RUR va THE Impact Rankings 2025 xalqaro reytinglarida o‘z mavqeini mustahkamlamoqda


    Centrum Air 25-iyuldan Toshkent — Seul to‘g‘ridan-to‘g‘ri reyslarini boshlaydi 


    BI Sad’O Business loyihasida ochiq eshiklar kuni bo‘lib o‘tdi va CHILLA aksiyasi boshlandi


    Neo Insurance — sug‘urta bozoridagi raqamli o‘zgarishlarning 2 yillik natijasi 


    Beeline Uzbekistan hududlarda raqamli rivojlanishni jadallashtirmoqda


    Ipotekaga xonadon, sovg‘a sifatida esa — omborxona!


    O‘zbekiston Milliy banki xalqaro kapital bozorida 400 mln AQSH dollarlik obligatsiyalarni muvaffaqiyatli joylashtirdi


    Turizmdagi trendlar 2025: Xitoyda Markaziy Osiyoga – Qozog‘iston, O‘zbekiston, Qirg‘izistonga qiziqish o‘smoqda


    O‘zbekistonda yangilangan HAVAL H6 rasman ishga tushirildi


    Chiqim va kirim: nazorat sari ilk qadam


    “KAFOLAT sug‘urta kompaniyasi” AJning moliyaviy barqarorlik reytingi “Fitch Ratings” tomonidan “Ijobiy” prognozi bilan “B+” darajasida tasdiqlandi


    InfinBANK’dan VISA kartasi endi Swoo Pay ilovasida


    Kia O‘zbekiston bozorini egallamoqda: 2025-yilning birinchi yarmida rekord darajadagi sotuvlar


    Ipak Yo‘li Bankdan Tradeloan: xalqaro bitimlarni moliyalashtirish


    Ichkaridan nazar: Imzo fabrikasi qanday ishlaydi?

     

    Tavsiya etamiz

    Kreml soyasidagi jumboqlar: sirli ravishda vafot etgan rossiyalik tadbirkor va amaldorlar

    10 iyul, 20:40

    Isroilning G‘azodagi qirg‘ini yagona emas: Insoniyat tarixidagi eng yirik genotsidlar qanday sodir bo‘lgandi?

    10 iyul, 19:12

    Patriot: Isroil voz kechgan, Ukraina esa ko‘prog‘iga ega chiqishni istayotgan yarim asrlik tizim haqida nimalar ma’lum?

    8 iyul, 20:45

    “O‘lim sharbati”: SSSRda Stalindan so‘ng ikkinchi qudratli shaxs nomi berilgan qurol qanday paydo bo‘lgandi?

    6 iyul, 15:23
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    AQSHda Trampga qarshi tergovlarga yordam bergan xodimlar ishdan bo‘shatildi

    Dunyo | 12 iyul, 23:50

    “Hech kimdan qo‘rqmayman” — Toshkentda tadbirkor bolalar maydonini egallab oldi, aholi norozi

    O‘zbekiston | 12 iyul, 23:37

    “Barcha zapravkalarda elektr quvvatlagichlar o‘rnatiladi” — transport vaziri Ilhom Mahkamov

    O‘zbekiston | 12 iyul, 23:27

    Hindistonda rossiyalik ayol ikki bolasi bilan changalzorda yashayotgani aniqlandi

    Dunyo | 12 iyul, 23:10

    Abbosbek Fayzullayev va “SSKA” — Rossiya Superkubogi sohibi (video)

    Sport | 12 iyul, 22:42

    Fransiyada Yangi Kaledoniya nomli yangi davlat tuzish to‘g‘risida bitim imzolandi

    Dunyo | 12 iyul, 22:35

    Sun’iy intellekt orqali hayotingizni osonlashtirishning 9 ta usuli

    Layfstayl | 12 iyul, 22:00

    Donald Tramp Klublar o‘rtasidagi JCH finalida qatnashadi

    Sport | 12 iyul, 21:35
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.