Respublika bo‘ylab O‘zbekiston yoshlar ittifoqi hududiy kengashlarining kengaytirilgan yig‘ilishlari start oldi. Bu haqda “Daryo”ga tashkilotning matbuot xizmati xabar qildi.
O‘zbekiston yoshlar ittifoqi Markaziy kengashi tomonidan kengaytirilgan yig‘ilishlarni yuqori saviyada tashkil etish va o‘tkazish bo‘yicha maxsus ishchi guruh tuzilib, chora-tadbirlar rejasi tasdiqlandi. Unga muvofiq, yig‘ilishlarni o‘tkazish yuzasidan hududiy kengashlarga uslubiy va amaliy yordam ko‘rsatildi.
Jumladan, Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Toshkent shahri va Andijon viloyatida bo‘lib o‘tgan yig‘ilishlar davomida O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev tomonidan 2017-yil 30-iyun kuni yoshlar bilan o‘tkazilgan uchrashuvda belgilab berilgan vazifalar ijrosini tashkil etish bo‘yicha Ittifoq hududiy kengashi va yoshlar masalalari bo‘yicha hududiy idoralararo kengash oldida turgan dolzarb vazifalar muhokama etildi.
Yig‘ilishda kengash raisi, uning o‘rinbosarlari va ijroiya qo‘mitasi tarkibi saylandi.
1987-yilda tug‘ligan Abat Daniyarov (amaldagi rais) O‘zbekiston yoshlar ittifoqining Qoraqalpog‘iston kengashi raisi etib saylandi. Toshkent shahar kengashi raisi lavozimiga 1988-yilda tug‘ilgan Elbek Shukurov saylandi.
Andijon viloyati kengashi raisligiga esa shahar hokimining yoshlar masalasi bo‘yicha o‘rinbosari Yusupov Nodirbek nomzodiga yoshlar ishonch bildirdi.
Yig‘ilishlar 14-iyulga qadar davom etadi va O‘zbekiston yoshlar ittifoqining barcha hududiy kengashlariga yangi nomzodlar saylanadi.
Izoh (0)