6-iyul kuni soat taxminan 14:00 da uch kishilik jinoiy to‘da valyuta ayirboshchisiga hujum qilib, uning 8370000 so‘m miqdoridagi pulini olib qo‘ydi. Bu haqda UzNews xabar bermoqda.
Jinoyat Farhod bozori hamda “O‘zsanoatqurilishbank”ning Uchtepa tuman filiali qarshisida ro‘y berdi. Uch jinoyatchi ayirboshchining pul to‘la paketini tortib olib, o‘zlarining Lacetti mashinasida qochishga urindi. Shu paytda jabrlanuvchi old yo‘lovchi o‘ridig‘i oynasi orqali mashina ichiga kirib oldi. Ammo jinoyatchilardan biri unga pichoq o‘qtaldi. Mashina biroz yurgandan so‘ng jinoyatchilar jabrlanuvchini turtib chiqarib yubordi, so‘ng uni kaltakladi.
Tezkor qidiruv tadbirlarini o‘tkazish chog‘ida Chilonzor tuman IIB xodimlari jinoiy guruh a’zolarini topib ushladi.
Holat yuzasidan JKning 164-moddasi 2 “A” va “B” bandlari bo‘yicha jinoiy ish qo‘zg‘atildi. Tergov davom etmoqda.
Izoh (0)