Braziliya terma jamoasi va Madridning “Real” klubidagi o‘yinlari orqali futbol muxlislarining qalbidan joy olgan sobiq futbolchi Roberto Karlos to‘qqizinchi bor otalik baxtiga musharraf bo‘ldi. Bu haqda “Chempionat” AS nashriga asoslanib ma’lumot berdi.
44 yoshli futbolchining xotini Mariana Lukon unga qiz farzand sovg‘a qildi. Chaqaloqqa Marina deb ism berildi. Jajji qizaloq Mariana va Robertoning ikkinchi farzandi bo‘ldi.
Karlosning birinchi xotini uch farzand tug‘ib bergandi. Qolgan to‘rt farzand esa turli onalardan dunyoga keldi.
Izoh (0)