O‘zbekiston TIVda Ummon elchisi Muhammad bin Said bin Muhammad al-Lavati va Falastin elchisi Muhammad Abdulla Tarshaxani bilan uchrashuvlar bo‘lib o‘tdi. Bu haqda TIV matbuot xizmati xabar bermoqda (1, 2).
Ummon elchisi bilan uchrashuvda Toshkent davlat sharqshunoslik instituti huzurida Abu Rayhon Beruniy nomidagi Sharq qo‘lyozmalari markazi kutubxonasi yangi binosining qurish ishlari yakunlanishi bilan bog‘liq amaliy masalalar muhokama qilindi.
Falastin vakili bilan suhbatda ikki tomon hamkorligining joriy masalalari, jumladan aprel oyida Falastin Davlati Tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari Mazen Shamiyaning O‘zbekistonga tashrifi doirasida erishilgan kelishuvlarni amalga oshirish jarayoni muhokama qilindi.
Izoh (0)