Fransiya prezidenti Emmanyuel Makron parlament deputatlarining sonini uchdan birga qisqartirish lozim deb hisoblaydi. Bu haqda u Versalda bo‘lib o‘tgan ikkala palataning tantanali majlisida bayonot berdi, deb xabar qiladi “TASS”.
“Siyosiy vaqt ayni paytda Fransiyada juda sekin yurmoqda. Parlament tez harakat qilishi zarur, bu ikki palata orqali qonunlarni tezroq o‘tkazish imkonini beradi”, — ta’kidladi davlat rahbari.
“Shu munosabat bilan fransuzlar ko‘pdan beri aytib kelgan chorani — parlament deputatlari sonini qisqartirishni taklif qilaman”, — qo‘shimcha qildi Makron.
Ayni paytda Fransiya parlamentining quyi palatasida 577 deputat, yuqori palatasida esa 348 senator bor.
Izoh (0)