Avstraliya statistika byurosi o‘tkazgan tadqiqot yakunlariga ko‘ra, o‘zini hech qanday dinga bog‘lamaydigan odamlar soni 2016-yilda aholining 30 foizini tashkil qildi. Oxirgi rekord 22 foiz bo‘lib, u 2011-yili qayd qilingan edi, deb xabar beradi “Gazeta.ru”.
Shu tariqa, mamlakatda birinchi marta dinsizlar soni boshqa din va konfessiyalar vakillariga nisbatan ko‘pchilikni tashkil qildi. Ikkinchi o‘rinda katoliklar (22,6 foiz), uchinchi o‘rinda esa anglikanlar (22,6 foiz) turibdi.
Dinsizlikning eng yuqori darajasi 18–34 yoshlar orasidagi fuqarolarda kuzatildi. 65 yoshdan katta odamlarda esa, aksincha, dinga ishonch kuchli bo‘lib chiqdi.
Umuman olganda, xristianlik mamlakatdagi asosiy din bo‘lib qolmoqda. 1996-yili 88 foiz avstraliyaliklar o‘zlarini xristian deb hisoblagan bo‘lsa, 2016-yili bu ko‘rsatkich 52 foizni tashkil qildi.
Bundan tashqari, 2,6 foiz respondentlar o‘zlarini musulmon, 2,4 foizi esa buddist deb atadi.
Izoh (0)