London shahrining markazida London Eye charxpalagiga o‘tirganlar Ikkinchi jahon urushi yillarida portlamay qolib ketgan snaryad haqidagi xabarlar tufayli evakuatsiya qilindi. Bu haqda, Evening Standard gazetasiga tayanib, “Gazeta.ru” xabar bermoqda.
Voqea joyi politsiya tomonidan o‘rab olingan, barcha odamlar atrofdan evakuatsiya qilingan.
Voqea joyini osmondan vertolyot kuzatib turibdi.
Boshqa tafsilotlar hozircha ma’lum emas.
Izoh (0)