Bugun,

  • USD 11014.01
  • RUB 191.8
  • EUR 10674.78

Rossiya mezbonlik qilayotgan futbol bo‘yicha Konfederatsiyalar kubogida bugun — 25-iyun kuni “B” guruhining so‘nggi tur bellashuvlari bo‘lib o‘tadi.

Foto: Google Images

Foto: Google Images

“B” guruhida o‘tgan turda o‘zaro murosa ko‘chasini tanlagan Germaniya hamda Chili terma jamoalari bir xil 4 ochkodan jamg‘argan bo‘lsa, xuddi shunday 2-turda durang o‘ynagan Afrika hamda Osiyo chempionlari Kamerun va Avstraliya terma jamoalari ham bir xil 1 ochkoga ega bo‘lib turibdi. Ilk turda Chilidan mag‘lubiyat alamini totib ko‘rgan Kamerun terma jamoasi bu safar “nemis mashinasi” imtihonidan o‘tishiga to‘g‘ri keladi. Osiyoning amaldagi chempioni Avstraliya esa guruhdan chiqish uchun Chili terma jamoasi bilan kurash olib boradi.

Guruhdagi so‘nggi tur bellashuvlari bir vaqtda — Toshkent vaqti bilan 20:00 da start oladi.

Eslatib o‘tamiz, Konfederatsiyalar kubogi doirasida “A” guruhi jamoalari o‘z bahslarini kecha o‘tkazishib, unda Portugaliya hamda Meksika terma jamoalari yarim final bahslariga yo‘llanma olgan edi. Demak, ular bugun raqiblari qaysi jamoalar bo‘lishini bilib oladi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Dunyo
Rossiyalik milliarderlar yil boshidan buyon qariyb 100 mlrd dollar yo‘qotgan
Dunyo
Zaporojye AES bosh direktori Igor Murashov Rossiya asirligidan ozod qilindi
Mahalliy
“Jamoaga yordam bermaganlar uni yo‘q joydan qoralayotgani achinarli” — Sherzod Shermatov 819 mln so‘m sarflangan IT tadbiri haqidagi gaplarni “mayda g‘iybatlar” de...