22-iyun kuni Rossiya prezidenti Vladimir Putin Noma’lum askar qabriga gulchambar qo‘ydi. Tantanali marosim sharros yomg‘ir ostida bo‘lib o‘tdi, unda davlat rahbari soyabon va ustki kiyimsiz holda qatnashdi, deb yozadi Tengrinews.
Kreml matbuot xizmati tomonidan e’lon qilingan suratlarda Putin oxir-oqibat shalabbo bo‘lib ketganini ko‘rish mumkin. Shuningdek, bosh vazir Dmitriy Medvedev va mudofaa vaziri Sergey Shoygu ham xuddi shunday ivib ketgan.
Prezidentning xatti-harakati e’tiborsiz qolmadi. Ijtimoiy tarmoqlar foydalanuvchilari davlat rahbarining “yomg‘irli zarba”ni o‘ziga olish qobiliyatini maqtadi va ijobiy baho berdi.
Keyinroq jurnalistlarning Putin va vazirlar sharros yomg‘ir ostida soyabonsiz turgani sababi haqidagi savollariga javoban prezident matbuot kotibi Dmitriy Peskov buni tadbirning xususiyati taqozo etganini aytdi. “Bu xuddi xotira marosimida shlyapani yechmaslikday gap”, — dedi u.
Izoh (0)