AQSh senati Rossiyaga qarshi yangi sanksiyalar paketini ma’qulladi, deb yozadi “Kommersant”.
Sanksiyalar Vashington AQShning 2016-yilgi prezidentlik saylovlaridagi kiberhujumlarga aloqador deb hisoblagan Rossiya iqtisodiyotining muhim sohalari va shaxslariga daxldor. Paket ikki partiyali konsensusda 97 ovoz bilan ma’qullandi. Ikki senator unga qarshi ovoz bergan.
Shuni ta’kidlash joizki, senat a’zolarining aksariyati Donald Tramp tarafdorlari hisoblanuvchi Respublikachilar partiyasidandir.
Matni hali chop etilmagan cheklovlar paketi amaldagi sanksiyalarni kuchaytirish bilan birga yangilarini joriy etishni ham ko‘zda tutadi. Hujjat kiberhujumlarga aloqador shaxslar bilan birga inson huquqlarini buzish va Suriya prezidenti Bashar Asadga qurol-yarog‘ yetkazib berishga aloqasi bo‘lgan shaxslarga nisbatan cheklovlarni ham o‘z ichiga oladi.
Izoh (0)