Avstraliya ushbu mamlakatda boshpana topib, taqdim etilgan lagerdagi sharoitlardan norozi bo‘lgan qariyb ikki ming muhojirga tovon puli sifatida 53 million dollar to‘laydigan bo‘ldi. Bu haqda “Interfaks” xabar bermoqda.
Lager Papua-Yangi Gvineyadagi Manus orolida joylashgan.
Yaqin Sharqdan kelgan muhojirlar orolda 2012–2016-yillarda turgan. Ularning manfaatini himoya qilayotgan Slater&Gordon yuridik firmasi advokatlarining so‘zlariga qaraganda, orolda turgan paytida muhojirlar jismoniy va psixologik jarohatlar olgan.
Avstraliya hukumati muhojirlar yomon sharoitda yashagani haqidagi ayblovlarni inkor qildi, ammo Melburnda sud boshlanishidan bir necha soat muqaddam ixtilofni suddan oldin bartaraf qilish taklifi bilan chiqdi. Avstraliya bu ishni sud xarajatlarini qisqartirish uchun amalga oshirdi, negaki sud xarajatlari 20 million dollarni tashkil qildi.
Izoh (0)