“Islom.uz” nashridan Ramazon oyida vafot etish fazilati haqida so‘rashdi va bu borada biror hadis keltirilgan-keltirilmagani bilan qiziqishdi.
“Bu oyda vafot topish haqida hadis kelmagan. Ammo bu oyda vafot topib ketganlarga ham ulug‘ rahmat va barakotlari yog‘ilib turishi, hatto fosiqlardan ham azob ko‘tarilib turishi haqida hadislar bor. Juma kunida vafot topgandan qabr azobi ko‘tarilishi haqida hadis kelgan. Aslida bu oyda barcha o‘lishi mumkin. Ammo ro‘zador, ibodatda va kalimani aytib o‘lish e’tiborlidir”, — deyiladi sayt ma’muriyati javobida va Imom Ahmad rivoyatidan keltiriladi.
Huzayfa roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi: Nabiy sollallohu alayhi vasallamni ko‘ksimga suyadim. Shunda u zot “Kim Allohning roziligini talab qilgan holda “Laa ilaaha illalloh”ni aytgan holida vafot topsa, jannatga kiradi. Kim Allohning roziligini talab qilgan holda biror namozni o‘qigan holatda vafot topsa jannatga kiradi. Kim Allohning roziligini talab qilgan holda ro‘za tutgan holatda vafot topsa jannatga kiradi. Kim Allohning roziligini talab qilgan holda biror sadaqani qilayotgan holda vafot topsa, jannatga kiradi” dedilar.
Izoh (0)