Isroillik olimlar qay biri organizm uchun foydalariroq ekanligini aniqlash uchun 2 oy davomida ko‘ngillilarni qora va oq non bilan oziqlantirib keldi. Bu haqda “Nauka” xabar bermoqda.
Veysmann instituti tadqiqotchilari o‘tkazgan tajriba davomida 10 kishi bir oy davomida asosan qora, yana 10 kishi esa oq non yedi. Keyin ular almashib, bir oy davomida nonning boshqa xilini tanovul qildi.
Natijalar tadqiqotchilarni hayratga soldi: ko‘ngillilarga nonli parhez turlicha ta’sir qildi. Kimdir qora non yeganda o‘zini yaxshiroq his etdi, yana kimdir oq non. Shunisi ham borki, mahsulotning ikki xili ham mikroflorani o‘zgartirmadi.
Olimlar buning sababini hozircha izohlab berolmagan bo‘lsa-da, kraxmal, glyukoza va boshqa uglevodlar qayta ishlanishi uchun javob beradigan mikroflora mikroblari faoliyatida farq mavjudligini taxmin qilmoqda
Izoh (0)