Tailand fuqarosi Facebook’da qirollik oilasi a’zolarini haqorat qilgani uchun 35 yillik qamoq jazosiga hukm qilindi. Bu haqda, AFP’ga asoslanib, “RIA Novosti” xabar bermoqda.
Bangkok harbiy sudi 34 yoshli Uichayni Facebook’dagi akkauntida joylashtirilgan materiallar uchun sudladi. Ushbu foto va videomateriallar qirollik oilasini haqorat qiluvchi deb topildi.
Aytilishicha, Uichay sobiq do‘stini yomonotliq qilish uchun uning nomidan ushbu materiallarni chiqargan. Ammo tergov materiallar muallifini aniqlagan.
Dastlab erkak 70 yilga hukm qilingan edi, ammo keyinroq muddat yarmiga qisqartirildi.
Qirollik oilasini haqorat qilish Tailandda davlatga qarshi jinoyat hisoblanadi.
Izoh (0)