Suriya TIV tarqatgan bayonotda aytilishicha, AQSh boshchiligidagi xalqaro koalitsiya xalqaro tartibni buzmoqda hamda terror amalga oshirmoqda. Bu haqda “TASS” xabar qildi.
“AQSh terror amalga oshiruvchi va xalqaro tartibni, BMT yo‘riqnomasi hamda Xavfsizlik Kengashining Suriya bo‘yicha rezolyutsiyalarini buzuvchi koalitsiyaga rahbarlik qilmoqda”, — deyiladi TIVning BMT bosh kotibi va Xavfsizlik Kengashiga yo‘llangan murojaatida.
“Suriya AQSh boshchiligidagi noqonuniy xalqaro koalitsiyani ularning xatti-harakatlari oqibatlaridan ogohlantiradi hamda AQSh ma’muriyatini va koalitsiya tarkibiga kiruvchi mamlakatlarni bu dahshatli hujumlarni to‘xtatishga chaqiradi”, — ta’kidlanadi hujjatda.
Nihoyat, murojaatda AQSh koalitsiyasi sodir etgan jinoyatlar u BMT Xavfsizlik Kengashi va jahon hamjamiyatini adashtirmoqchi ekanligini isbotlashi aytildi.
Izoh (0)