Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Meksika shimolidagi Chiuaua shtati Kuatemok shahridagi barda qurolli hujum sodir etildi. Bu haqda, hudud bosh prokuraturasiga tayanib, “TASS” xabar bermoqda.

Foto: EPA

Foto: EPA

AK-47 avtomati bilan qurollangan noma’lum jinoyatchining hujumi oqibatida olti kishi halok bo‘lgan, yana 22 kishi jarohat olgan. Jabrlanuvchilar shifoxonalarga yetkazilgan.

Shtat rasmiylari hodisaga ikki raqobatchi jinoiy guruh o‘rtasidagi mojaro sabab bo‘lganligini taxmin qilmoqda. Hujum ortida kim turganligi hozircha noma’lum.

Chiuauada joriy yil boshidan buyon 700 dan ortiq qasddan sodir etilgan qotillik qayd etilgan, bu 2016-yilning shu davriga nisbatan ancha yuqori ko‘rsatkichdir.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
Foto: Shavkat Mirziyoyev ishtirokidagi Navro‘z umumxalq bayramiga bag‘ishlangan tantanali marosim
Sport
Eng tartibli himoyaga ega O‘zbekiston, 69 gol va yuzdan ortiq sariq kartochka. U-20 Osiyo Kubogi—2023 raqamlarda
Mahalliy
O‘zbekiston Markaziy Osiyoda yagona to‘lov tizimi yaratishni taklif qildi