Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Madridning “Real” klubi hujumchisi Krishtianu Ronalduni ijtimoiy tarmoqlarda butun “Yuventus” tarkibidagi futbolchilardan 2,3 barobar ko‘proq odam kuzatib boradi. Bunda gap Twitter, Instagram hamda Facebook tarmoqlarining umumiy ko‘rsatkichi haqida boradi.

Foto: Google Images

Foto: Google Images

Portugaliyalik hujumchining uchta tarmoqdagi umumiy kuzatuvchilari 270 million kishini tashkil qiladi, deb ma’lumot bergan CupoNation kompaniyasi. “Yuventus” asosiy tarkibiga kiruvchi 26 nafar futbolchining umumiy o‘quvchilari soni esa 117 millionga teng.

Turinliklar sharafini himoya qilayotgan Dani Alvesh qolgan jamoadoshlaridan ilgarilab ketgan — 30 million o‘quvchi. Braziliyalik futbolchi bu borada Krishtianudan 9 marta ortda qolib ketgan.

“Real”ning barcha futbolchilarini umumiy 743 million kishi kuzatib boradi. Bu “Yuventus” ko‘rsatkichlaridan 6 marta yaxshiroq deganidir.

3-iyun kuni “Real” va “Yuventus” klublari Chempionlar ligasining finalida o‘zaro to‘qnash keladi. Bellashuv Toshkent vaqti bilan 23:45 da start oladi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Sport
Tata Steel Chess 2023. Nodirbek Abdusattorov amerikalik raqibi bilan durang o‘ynadi va hamon musobaqa peshqadami bo‘lib turibdi. Javohir Sindorovda ham durang
Mahalliy
Surxondaryodan topilgan ayiq bolasi zooparkka topshirildi
Mahalliy
O‘zbek tili darsligida musiqa asboblari nomi xato yozilgani aytildi (video)