Malayziya aviaparvoz chiptalari dunyoda eng arzon turadigan mamlakat bo‘lib chiqdi. Bu “Kiwi.com” turistik portali reytingida aks etdi.
Malayziyaning ichki va xalqaro reyslarida chiptalarning o‘rtacha narxi 10 kilometr uchun 4,18 dollarni tashkil qiladi.
Ikkinchi o‘rinda Bolgariya turibdi — uning bu boradagi ko‘rsatkichi 100 kilometr uchun 4,65 dollarni tashkil qiladi.
Hindiston kuchli uchlikka yasab berdi (100 kilometr uchun 4,96 dollar). Kuchli beshlikka, shuningdek, Turkiya (6,28 dollar) va Ruminiya (6,46 dollar) kirdi.
Reytingdan jami 80 mamlakat o‘rin oldi.
Izoh (0)