AdMe mashhur odamlar muhabbat yo‘lida amalga oshirgan haqiqiy jasoratlar haqida hikoya qildi.
Yaponiya malikasi Mako sevgilisi uchun malikalikdan voz kechdi
Valiahd malika Mako Akisino o‘z sevgilisiga turmushga chiqishga rozilik berdi. Ular universitetda tanishgan bo‘lib, talaba vaqtida kuyov kafe va plyajlarda pul ishlab topgan. Malika sevgan kishi “oddiy xalqdan chiqqan”i uchun, unga turmush chiqish natijasida, u qirollik unvonidan ayriladi. U bunday qarorni yengillik bilan qabul qildi, axir malika Keini o‘z oilasi bilan tanishtirdi, ular esa qizning tanlovini ma’qulladi.Futbolchi Albert Riyera Rossiyani chin dildan sevib qoldi
Hali juda yosh paytidayoq ispaniyalik futbolchi Palma-de-Malyorkada dam olish chog‘ida omsklik qizni uchratib, sevib qoldi. Bir yil o‘tar-o‘tmas, qizning ota-onasi bilan tanishish uchun u Rossiyaga uchib keldi. O‘shandan buyon u Sibirga tez-tez kelib turadi va Rossiyani chin qalbdan sevib qoldi.Linda Makkartni turmush o‘rtog‘idan bir daqiqaga ham ajralmaslik uchun klavishli asboblar chalishni o‘rgandi
Beatls guruhi a’zosi Pol Makkartni fotosuratchi Lindaga sevib uylangach, undan bir lahzaga ham ayrilmaslik uchun, unga klavishli asboblar chalishni o‘rgatdi va oylab davom etadigan gastrol safarlariga o‘zi bilan birga olib ketdi. O‘shandan buyon er-xotin Makkartni bir-birisiz bir kundan ko‘proq vaqt yashamagan (Pol Yaponiyada o‘n kun hibsda saqlangan vaqtni hisobga olmaganda).Jon Lennon Yoko Onoga uylangach, ismini o‘zgartirdi
Yaponiyalik Yoko Ono o‘zining faol hayotiy pozitsiyasi bilan Lennonning e’tiboriga tushdi, u qizni telbalarcha sevib qoldi. To‘ydan keyin Lennon sevikli rafiqasi sharafiga o‘zining ikkinchi ismiga “Ono”ni qo‘shdi.Greys Kelli sevimli turmush o‘rtog‘iga munosib qirolicha bo‘lish uchun kinokaryerasini qurbon qildi
Monako shahzodasi bilan tanishgan vaqtida Greys Kelli muvaffaqiyatli aktrisaga aylanib bo‘lgan edi. Ammo knyaz Renye III bilan turmush qurgach, u o‘z tanlovini turmush o‘rtog‘i foydasiga amalga oshirdi.Angliya qiroli suyukli ayoli bilan hayot kechirish uchun taxtdan voz kechdi
1936-yilda qirol Georg V o‘limidan so‘ng hokimiyat uning o‘g‘li Eduard VIII ga o‘tdi. U zodagon bo‘lmagan Uollis Simpson ismli ayolga oshiq bo‘lib, unga uylanish istagida edi. Ammo hukumat qirolga to‘y va taxtdan birini tanlash talabini qo‘ydi. Qirol ukasi Georg VI foydasiga taxtdan voz kechdi. Juftlik turmush qurdi va umrlarini birgalikda baxtli kechirdi.Frensis Fitsjerald rafiqasini o‘zining barcha romanlari qahramoniga aylantirdi
Yozuvchi rafiqasi Zeldani qattiq sevardi va u hatto shizofreniyaga chalinganida ham rafiqasini tashlab ketmadi. Frensis rafiqasini olib, mamlakat bo‘ylab safar qilar va kasalxonalar yaqinidagi mehmonxonalarga joylashardi. Yozuvchi rafiqasi tuzalib ketishiga yordam berish uchun qo‘lidan kelgan barcha ishni qildi, shuningdek, uni o‘z hikoyalari va romanlaridagi ayollar obrazlari prototipiga aylantirdi.Podshoh Shohjahon sevgilisi xotirasiga Tojmahalni qurdi
Suyukli rafiqasi vafot etgach, Boburiylar sulolasi vakili Shohjahon uning xotirasini abadiylashtirishga qaror qildi va 22 yil ichida noyob inshootni barpo ettirdi. Bugungi kunda Tojmahal buyuk muhabbat ramzi va me’moriy mukammallik namunasi hisoblanadi.
Izoh (0)