AQSh Federal qidiruv byurosi va Kongressi mamlakat prezidentining katta maslahatchisi va kuyovi Jared Kushner Rossiya prezidenti Vladimir Putin bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri kanal o‘rnatishga uringan-urinmaganligini aniqlash niyatida. Bu haqda The New York Times gazetasi ma’lum qildi, deb yozadi “TASS”.
Moskvaning go‘yoki AQShdagi o‘tgan yilgi saylovoldi kampaniyalariga aralashishga uringanligi yuzasidan surishtiruv olib borayotgan FQB va qonunchilik organlari o‘tgan yilning dekabrida Kushner va Rossiyaning AQShdagi elchisi Sergey Kislyak va Rossiya Tashqi iqtisodiyot banki rahbari Sergey Gorkov bilan uchrashuvi mazmuniga yana qiziqib qoldi.
Nashr manbalari Trampning kuyovi shu yo‘l bilan Rossiya rahbari bilan ikki mamlakat rahbarlari o‘rtasidagi mavjud diplomatik kanallardan tashqarida amal qiluvchi to‘g‘ridan-to‘g‘ri kanalni yo‘lga qo‘yishga umid qilganligini istisno etmayapti.
Bir qator kongressmenlar shu munosabat bilan maslahatchidan tushuntirishlar talab qilgan. Avvalroq Kushnerning advokati Jeymi Gorelik uning mijozi Kongress a’zolari oldida chiqish qilishga va ularga Rossiya Federatsiyasi vakillari bilan uchrashuvi tafsilotlari haqida ma’lum qilishga tayyor ekanligini bildirgan.
Izoh (0)