Chernogoriyalik internet foydalanuvchilari Donald Trampning NATO sammitidagi xatti-harakatlari uchun AQShga qarshi sanksiyalar joriy etishni taklif qilib chiqdi. Bu haqda “TASS” xabar bermoqda.
Eslatib o‘tamiz, Tramp NATOning Bryusseldagi yangi bosh qarorgohini ko‘zdan kechirish chog‘ida uning oldida turib olgan Chernogoriya bosh vaziri Dushko Markovichni nariroq itarib qo‘ydi. Hodisa aks etgan videoni CNBC jurnalisti Stiv Kopak o‘z Twitter’iga joyladi. Ushbu video muhokamasi chog‘ida chernogoriyaliklar o‘z noroziligini bildirdi.
“Amerikaga qarshi qattiq sanksiyalar joriy etish kerak, toki ular kimning bosh vazirin itarganini va haqorat qilganini tushunsin!”, — deb yozdi foydalanuvchilardan biri.
“Agar biz ularga qarshi sanksiyalar joriy qilsak, ular bir burda nonsiz qoladi!”, — uning fikrini qo‘llab-quvvatladi boshqa foydalanuvchi.
Izoh (0)