Buyuk Britaniya tarixida birinchi marta poyezdlarda qurollangan politsiya patrullari joriy qilinmoqda. Bu haqda “RIA Novosti” xabar bermoqda.
“Bugungi kunning o‘rtasidan temir yo‘l poyezdlarida maxsus tayyorlangan qurolli politsiyachilar paydo bo‘ladi. Bu safarbarlik Britaniya transport politsiyasining temir yo‘lda xavfsizlikni ta’minlash rejasi doirasida amalga oshirilmoqda. Poyezddan foydalanuvchi yo‘lovchilar terror xavfi saqlanib turgan davrda u yerda qurollangan politsiyachilarni ko‘radi”, — deyiladi transport politsiyasi xabarnomasida.
Bundan tashqari, qurollangan politsiya xodimlari London metrosida ham patrulni amalga oshiradi.
Izoh (0)