Toshkentning “Lokomotiv” futbol klubini Osiyo Chempionlar ligasida chorak finalga qadar boshlab borishda, keyinroq O‘zbekiston chempioni qilishda va mamlakat kubogini olib berishda katta hissa qo‘shgan avstraliyalik mutaxassis Mirko Yelichich murabbiylarning B litsenziyasi uchun o‘qishni boshladi. Bu haqda “Championat.asia” nashri ma’lumot berdi.
Toshkentda o‘tayotgan o‘quv kurslariga Islom Ahmedov boshchilik qilayotgani O‘FFning Twitter’dagi sahifasida aks etgan.
Qiziq tomoni shundaki, B litsenziyasi uchun Mirko Yelichichning shogirdlari hisoblangan Server Jeparov hamda Timur Kapadze ham bir vaqtda tahsil olmoqda.
Ma’lumot uchun, bolalarga ustozlik qilish uchun murabbiylar avvaliga C litsenziyasi uchun tahsil oladi. Keyingi pog‘ona B, undan keyingisi esa A litsenziyasi. Oliy liga klublariga ustozlik qilish uchun murabbiylarda faqatgina Pro litsenziyasi bo‘lishi shart.
Mirko Yelichich “Lokomotiv” klubi bosh murabbiyi hisoblanmaydi. Bu vazifa Andrey Miklyayevga tegishli.
Izoh (0)