Saudiya shahzodasi Mukrin ibn Abdulaziz as-Saud AQSh prezidenti Donald Trampning qizi Ivankaga haqiqiy arab qahvasini to‘g‘ri ichishni o‘rgatdi. Bu haqda, Al Arabiya nashriga tayanib, “MK.ru” xabar bermoqda.
Bir qator OAVning ta’kidlashicha, Trampning qizidek “dunyoning eng nufuzli ayoli”ga mahorat darsi Amerika prezidentining Saudiya Arabistoniga rasmiy tashrifi davomida berilgan. Tramp Ar-Riyodga rafiqasi va qizini ham olib kelgan.
Shahzoda Ivankaga tushuntirishicha, arabcha odatlarga ko‘ra, qahva ichib bo‘lgan odam finjonni silkitib qo‘yishi lozim. Bu uning qahva ichib bo‘lgani va boshqa istamasligini anglatadi.
Izoh (0)